ADABIYOT VA RUHIY DAVOLANISH: SO‘ZNING SHIFOBAXSH KUCHI
Keywords:
O‘qish jarayoni bu ma’noda faqat aqliy emas, ruhiy faoliyat hamdir. Yaxshi asar o‘quvchini tinchlantiradi, unga umid beradi.Shu sababli pedagogika va psixologiya sohalarida adabiyotdan ruhiy tarbiya vositasi sifatida foydalanish dolzarb masaladir. Biblioterapiya jarayonidagi lingvopsixologik mexanizmlarAbstract
Mazkur maqolada adabiyotning inson ruhiyatiga ta’siri, so‘zning shifobaxsh kuchi va badiiy asarlar orqali kechadigan ruhiy tozalanish jarayonlari tahlil qilinadi. Cho‘lpon ,O‘tkir Hoshimov va Fyodor Dostoevskiy asarlarida insonning ichki og’riq orqali o’zini anglash jarayoni yoritilgan. Adabiyotning ruhiy dardni yengish, shaxsni poklash va umid baxsh etishdagi o‘rni tahliliy asosda yondashilgan. Inson ruhiyati nihoyatda murakkab, o‘zgaruvchan, nozik tuzulishga ega bo‘lib, uning shakllanishi ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sirida kechadi. Hayot davomida inson quvonch, umid, yolg‘izlik kabi turli ruhiy holatlarni boshdan kechiradi. Ana shunday paytlarda adabiyot-insonning eng yaqin hamrohi , ruhiy ko‘zgusi va eng ishonchli suhbatdoshi sifatida namoyon bo‘ladi.References
1. Aristotel. Poetika. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1980.
2. CHo‘lpon A.Kecha va Kunduz. - Toshkent: Sharq,2019
3. Hoshimov O‘.Dunyoning ishlari. - Toshkent:Yangi asr avlodi, 2018
4. Dostoevskiy F.Jinoyat va Jazo. - Moskva:2015
5. Karimov SH. “Adabiyot va inson ruhiyati “ Filologiya masalalari jurnali, 2022
Downloads
Published
2026-05-05
Issue
Section
Articles