BARQAROR TIL BIRLIKLARIDA LINGVOMADANIY KODLARNING IFODALANISHI (TAJRIBA-SINOV ASOSIDA)

Authors

  • Valijonova Mag‘ruba Author

Keywords:

barqaror til birliklari, lingvomadaniyat, lingvomadaniy kod, frazeologizm, maqol va matallar, milliy madaniyat, semantik tahlil, pragmatika, lingvistik tahlil, ta’lim jarayoni

Abstract

Mazkur maqolada barqaror til birliklarida lingvomadaniy kodlarning ifodalanish xususiyatlari magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan ilmiy stajirovka natijalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida frazeologik birliklar, maqol va matallar tanlab olinib, ular lingvomadaniy nuqtayi nazardan tizimli o‘rganildi. Shuningdek, barqaror birliklarning semantik, pragmatik va madaniy qatlamlari aniqlanib, ularda milliy tafakkur, qadriyatlar hamda ijtimoiy tajribaning ifodalanish mexanizmlari ochib berildi. Amaliyot davomida olingan natijalar asosida barqaror til birliklarini lingvomadaniy jihatdan tahlil qilishning samarali usullari ishlab chiqildi hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari asoslandi.

References

Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

barqaror til birliklari lingvomadaniy kodlarning muhim ifoda vositasi hisoblanadi

ushbu birliklarni lingvomadaniy jihatdan tahlil qilish ularning mazmun-mohiyatini

chuqurroq ochishga xizmat qiladi

ta’lim jarayonida lingvomadaniy yondashuvni qo‘llash til o‘rganish samaradorligini

oshiradi.

Umuman olganda, ilmiy amaliyot davomida olingan natijalar magistrlik

dissertatsiyasining keyingi boblarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat

qiladi hamda tadqiqotning izchil davom ettirilishini ta’minlaydi.

Published

2026-05-05