FUZULIY SHE’RIYATINING QO‘QON ADABIY MUHITIGA TA’SIRI
Keywords:
Fuzuliy, Amiriy, Qo‘qon adabiy muhiti, tatabbu, taxmis, adabiy ta’sir, izdoshlik, an’ana, novatorlik, g‘azalAbstract
mazkur maqolada XVI asr ozarbayjon mumtoz she’riyatining buyuk vakili Muhammad Fuzuliy ijodining XIX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitiga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy ob’ekti sifatida Qo‘qon adabiy muhitining asoschisi va yetakchisi, zullisonayn shoir Amiriy (Amir Umarxon) ijodi misol qilib olingan. Maqolada Fuzuliy g‘azallariga Amiriy tomonidan tatabbu’ bog’lanishi, taxmis bog‘lanishi, shuningdek, fuzuliyona leksika, uslub va obrazlar tizimining Amiriy she’riyatiga singdirilganligi tahlil etiladi. Shuningdek, Fuzuliy an’analarining Qo‘qon adabiy muhitining Nodira, Fazliy Namangoniy, Muqimiy kabi boshqa vakillari ijodiga bilvosita ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Maqola adabiy ta’sir, izdoshlik, tatabbu va nazirachilik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, Sharq mumtoz adabiyotida an’ana va novatorlik dialektikasini ochib berishga xizmat qiladi.References
1. Qobilova, Z. (2021). Badiiy ijodda ta’sir va izdoshlik (Amiriy she’riyati misolida). Toshkent: «TURON-IQBOL».
2. Amiriy. (2017). Devon. I. O‘zbekcha she’rlar. (Nashrga tayyorlovchilar: A.Madaminov, E.Ochilov, Z.Qobilova, O.Davlatov). Toshkent: Tamaddun.
3. Fuzuliy. (1959). Devon. Toshkent: O‘zadabiynashr.
4. Qayumov, A. (1961). Qo‘qon adabiy muhiti. Toshkent: Fan.
5. Ochilov, E. (2018). Tatabbu - mahorat maktabi. O‘zbek tili va adabiyoti, №1, 46-55-betlar.
Downloads
Published
2026-05-05
Issue
Section
Articles