INSON HAYOTIDA ONANING O‘RNI BEQIYOS

Authors

  • Shahriyeva Ismigul Tóychi qizi Author

Keywords:

Ona, mehr-muhabbat, fidoyilik, tarbiya, ma’naviyat, Alisher Navoiy, milliy qadriyat, oila, jannat, insoniylik hadis hijrat jihot

Abstract

Ushbu maqolada inson hayotida muhim rol o‘ynagan, farzandini voyaga yetguncha qo‘lida, ulg‘ayganidan so‘ng esa umrining oxirigacha qalbida ardoqlagan ona siymosi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada ona — yaratuvchanlik va fidoyilik timsoli sifatida tasvirlangan. Shuningdek, onaning o‘rni faqat moddiy g‘amxo‘rlik bilan cheklanmasligi, insonga onachalik hech kim mehribon va yaqin bo‘la olmasligi yoritilgan. Kalit so‘zlar :Ona, mehr-muhabbat, fidoyilik, tarbiya, ma’naviyat, Alisher Navoiy, milliy qadriyat, oila, jannat, insoniylik hadis hijrat jihot . Dunyoda shunday zot borki, uning mehri quyoshdan issiq, poyida esa jannat va’da qilingan. Bu — Onadir. Hazrat Navoiy aytganlaridek, ona farzandining boshidan balolarni daf etuvchi shunday fidoyi zotdirki, uning xizmatini qilish har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir. Inson hayoti deb atalmish murakkab yo‘lning ilk sahifasi ham, uning eng go‘zal xotiralari ham ona siymosi bilan bog‘liq.

References

1.Alisher Navoiy. "Hayratul-abror". – Toshkent, Gʻafur Gʻulom nashriyoti.

2.Oʻtkir Hoshimov. "Daftar hoshiyasidagi bitiklar". – Toshkent, "Sharq" nashriyoti.

3.Maksim Gorkiy. "Ona" asari va hikmatlari.

Published

2026-05-06