HPV VAKSINATSIYASI SHAROITIDA BACHADON BO‘YNI SARATONI SKRININGI: SAMARADORLIK VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Authors

  • Shakirova Lobar Mavlon qizi Author
  • Jakbaraliyeva Shahlo Inomjon qizi Author

Keywords:

bachadon bo‘yni saratoni, HPV, skrining, Pap-test, HPV DNK testi, vaksinatsiya, prekanserez holatlar.

Abstract

Ushbu maqolada bachadon bo‘yni saratonining etiopatogenezi, zamonaviy skrining strategiyalari hamda inson papilloma virusi (HPV) vaksinatsiyasining kasallik epidemiologiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, HPV bilan bog‘liq yuqori xavfli genotiplarning persistent infeksiyasi fonida rivojlanadigan prekanserez o‘zgarishlarni erta aniqlashda sitologik (Pap-test) va molekulyar (HPV DNK testi) skrining usullarining diagnostik ahamiyati baholanadi. So‘nggi yillarda HPV vaksinatsiyasi keng joriy etilishi natijasida bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalari uchrash chastotasining pasayishi kuzatilayotgani skrining paradigmasini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Maqolada sitologiya, HPV test va ularning kombinatsiyasining (cotesting) afzalliklari hamda cheklovlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, vaksinatsiyalangan populyatsiyada skriningning samaradorligi, noto‘g‘ri ijobiy natijalar ulushi va klinik qaror qabul qilishga ta’siri yoritiladi. Olingan natijalar asosida individual yondashuvga asoslangan skrining strategiyalarini takomillashtirish zarurligi asoslab beriladi.

References

1 World Health Organization. Cervical cancer. 2020.

https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/cervical-cancer

1 Centers for Disease Control and Prevention. Cervical Cancer. 2023.

https://www.cdc.gov/cancer/cervical/basic_info/index.htm

2 Falcaro M, et al. Effects of HPV vaccination on cervical disease. The

Lancet. 2021.

https://www.thelancet.com/article/S0140-6736(21)02178-4/fulltext

3 Ronco G, et al. Efficacy of HPV-based screening. The Lancet. 2014.

https://www.thelancet.com/article/S0140-6736(13)62218-7/fulltext

4 Arbyn M, et al. Detecting cervical precancer and reaching

underscreened women. BMJ. 2020.

https://www.bmj.com/content/370/bmj.m3264

Published

2026-05-06