QISHLOQ XOʻJALIGI EKINLARI BOʻYICHA DALA TAJRIBALARINI OʻTKAZISH USULLARI (QORA KUNGABOQAR MISOLIDA)

Authors

  • Bozorov Xolmurod Maxmudovic Author
  • Nasirov Batiy-xan Sultanovich Author

Keywords:

dala tajribasi, uslub, variant, takrorlik, randomizatsiya, uchastka, lizimetr, dispersion tahlil, EKAF, kungaboqar

Abstract

Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha dala va dala-lizimetrik tajribalarini oʻtkazishning asosiy usullari, ularning ilmiy asoslari va amaliy qoʻllanilishi qora kungaboqar misolida bayon etilgan. Tajribalarni rejalashtirishning uch tamoyili — takrorlik, tasodifiylik (randomizatsiya) va nazorat — hamda uchastkalarni joylashtirishning tizimli, standart va tasodifiy usullari taqqoslandi. Tasodifiy blokli joylashtirish sxemasi (6 variant × 3 takrorlik, 18 uchastka) kungaboqar tajribalari uchun eng maqbul usul ekanligi asoslandi; uchastka oʻlchami, himoya yoʻlaklari, kuzatuv va hisob-kitoblar, dispersion tahlil (ANOVA) hamda eng kichik aniq farq (EKAF) hisoblash tartibi keltirildi. Lizimetr qurilmasi (1,0 × 2,0 m, 90 sm chuqurlik, 20 litrli yigʻuvchi latok) orqali azot yuvilishi va suvdan foydalanishni oʻrganish usuli yoritildi. Maqola tajriba oʻtkazuvchi yosh tadqiqotchilar uchun uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanishga moʻljallangan.

References

1. Dospexov B.A. Metodika polevogo opyta (s osnovami statisticheskoy obrabotki rezultatov issledovaniy). – Moskva: Agropromizdat, 1985. – 351 s.

2. Fisher R.A. The Design of Experiments. – Edinburgh: Oliver and Boyd, 1935. – 252 p.

3. Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari (uslubiy qoʻllanma). – Toshkent: Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti, 2007. – 148 b.

4. Moyli ekinlar yetishtirish agrotexnologiyasi. – Toshkent: ZiyoNET elektron kutubxonasi nashri, 2018. – 96 b.

5. Dobermann A. Nutrient use efficiency — measurement and management // IFA International Workshop on Fertilizer Best Management Practices. – Brussels, 2007. – P. 1–28.

6. Yu D., Shi P., Zhang Y., et al. Sunflower response to potassium fertilization and nutrient requirement estimation // Journal of Integrative Agriculture. – 2018. – Vol. 17 (12). – P. 2802–2812.

7. Chen L., Zhang Y., et al. Optimizing water-nitrogen management enhances sunflower productivity and seed quality while mitigating soil nitrogen residues in a cold and arid environment // Plant and Soil. – 2025. – DOI: 10.1007/s11104-025-07597-y.

8. Ierna A., Pandino G., Lombardo S., Mauromicale G. Tuber yield, water and fertilizer productivity in early potato as affected by a combination of irrigation and fertilization // Agricultural Water Management. – 2011. – Vol. 101 (1). – P. 35–41.

Published

2026-10-05