RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA TRANSPORT VOSITALARI NOMLARINING DERIVATSION XUSUSIYATLARI
Keywords:
derivatsiya, so‘z yasalishi, transport vositalari nomlari, so‘z yasovchi affikslar, affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya, derivatsion model, mahsuldorlikAbstract
Mazkur maqolada rus va o‘zbek tillarida transport vositalari nomlarining derivatsion xususiyatlari, ularning yasalish usullari va strukturaviy modellari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, transport leksikasining shakllanishida affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya hamda sintaktik usullarning o‘rni yoritiladi. Ikki tilda transport vositalari nomlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi so‘z yasovchi vositalar, derivatsion munosabatlar va mahsuldor modellar aniqlanadi. Shuningdek, yangi transport nomlarining yuzaga kelishida tilning ichki imkoniyatlari va tashqi omillarning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Qiyosiy tahlil asosida rus va o‘zbek tillaridagi transport leksikasining derivatsion tizimiga xos umumiy va farqli jihatlar ochib beriladi.References
1. Фасмер М. Этимологический словарь русского языка. — Москва. 1том.
2. Черных П. Я. Историко-этимологический словарь современного русского языка. — Москва.
3. Ахманова О. С. Словообразование в современном русском языке. М.: Просвещение, 2010. 256 с.
4. Сафаров Ш. Ўзбек тили лексикологияси ва сўз ясалиши. Тошкент: Фан, 2016. 280 б.
5. Реформатский А. А. Введение в языковедение. М.: Аспект Пресс, 2019. 640 с.
6. Даниленко В. П. Русская терминология: опыт лингвистического описания. – М.: Наука, 1977. – 246 с.
Downloads
Published
2026-11-05
Issue
Section
Articles