AVTOMOBILLARNING ILASHISH MUFTASIGA QO‘YILADIGAN TEXNIK TALABLAR
Keywords:
ilashish muftasi, tirsakli val, dvigatel, kuch uzatmasi, avtomatik transmissiya, mexanik, gidromexanik, pnevmatik, elektrikAbstract
Avtomobil harakatlana olishi uchun birinchi navbatda dvigatelning tirsakli validagi burovchi momentining kuch uzatmasi yordamida yetakchi g‘ildirakka uzatishi kerak. Ilashish muftasiga qo‘yilgan talablar uning har hil sharoit uchun turli hillarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Disklarning soni bo‘yicha bir, ikki, ko‘p diskli bo‘lishi mumkin. Bir diskli ilashma yengil avtomobillarda, kichik va o‘rta vazndagi yuk avtomobillarda, ikki disklisi esa katta vazndagi yuk tashuvchi avtomobillarda ishlatiladi.References
Yetaklanuvchi va yetaklovchi disklarni prujina yordamida siqish usuli eng ko‘p
tarqalgan. Siquvchi prujinalar doira bo‘ylab bir yoki ikki qator joylashishi mumkin.
Bular asosan yuk avtomobillarida kuzatiladi. Bundan tashqari silindrik, konussimon,
diafragmasimon prujina ilashma o‘qi bo‘ylab joylashishi xam mumkin. Yarim
markazdan qochirma turida esa siquvchi kuch prujina va yuklagichlarni markazdan
qochirma kuchlaridan iboratdir. Markazdan qochirma va yarim markazdan qochirma
turlari hozirda ishlatilmaydi. Yetaklanuvchi va yetaklovchi qismlar orasidagi
bog‘lanish turiga qarab ilashish muftalari friksion, gidravlik, elektromagnitli bo‘lishi
mumkin. Friksion ilashmada moment ikkita diskning bir-biriga ishqalanish hisobiga
uzatiladi. Bu ilashma gidromufta bo‘lib, bir diskli ilashish muftasi bilan birgalikda
ishlatiladi. Ilashish muftalarining ishqalanuvchi qismlari diskli, konusli, maxsus
bo‘lishi mumkin. Bugun nafaqat diskli ilashmalar ishlatiladi. Ishqalanuvchi disklar
quruqda va moyda ilashishi mumkin