ABDURASHID NURMURODOVNING “QONLI YOʻRGAKLAR” ASARIDA TUSH MOTIVI VA MIFOLOGIK TAFAKKUR IZLARI
Keywords:
folklor, memorat, tush motivi, mifologik tafakkur, xalq eʼtiqodlari, marosim folklori, hujjatli nasr, Afgʻon urushiAbstract
Tezisda Abdurashid Nurmurodovning 1991-yilda nashr etilgan “Qonli yoʻrgaklar” hujjatli asarida Afgʻon urushi qatnashchilarining ogʻzaki hikoyalari tarkibidagi tush motivi va mifologik tafakkur izlari tahlil qilinadi. Asardagi bashoratli tushlar, ajalning odam qiyofasida namoyon boʻlishi, yulduz va olma ramzlari, koʻz tegishidan saqlanish, chaqaloq qulogʻiga azon aytish odati hamda qargʻish va taʼziya formulalari xalq eʼtiqodlari bilan qiyosiy aspektda oʻrganiladi. Tahlil folklorshunoslikdagi “memorat” tushunchasi asosida olib boriladi. Oʻzbek, belarus va ukrain askarlarining tushlari qiyoslanib, ularda umuminsoniy va milliy-turkiy unsurlar ajratib koʻrsatiladi. Bashoratli tush motivining “Kitobi Dada Qoʻrqud” eposidagi oʻxshash epizod bilan tipologik aloqasi ham qayd etiladi. Xulosada travmatik tajriba sharoitida anʼanaviy mifologik tafakkur qayta faollashishi va zamonaviy hujjatli nasr folklor materialini saqlovchi manbaga aylanishi asoslanadi.References
1. Honko, L. (1964). Memorates and the study of folk beliefs. Journal of the Folklore Institute, 1(1/2), 5–19.
2. Imomov, K., Mirzayev, T., Sarimsoqov, B., & Safarov, O. (1990). Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi. Toshkent: Oʻqituvchi.
3. Lewis, G. (Trans.). (1974). The Book of Dede Korkut. Harmondsworth: Penguin Books.
4. Nurmurodov, A. (1991). Qonli yoʻrgaklar. Toshkent: Oʻzbekiston.
5. Sarimsoqov, B. (1986). Oʻzbek marosim folklori. Toshkent: Fan.
6. von Sydow, C. W. (1948). Selected papers on folklore. Copenhagen: Rosenkilde and Bagger.
7. Алексиевич, С. (1991). Цинковые мальчики. Москва: Молодая гвардия.
Downloads
Published
2026-10-23
Issue
Section
Articles