“TEMUR TUZUKLARI”DA DAVLAT HOKIMIYATI VA SIYOSIY LEGITIMLIK MASALASI

Authors

  • Alisheva Latofat Abduvali qizi Author
  • Qolqanov Nuriddin Tashpulatovich Author

Keywords:

Amir Temur, “Temur tuzuklari”, siyosiy hokimiyat, legitimlik, legalitet, davlat boshqaruvi, siyosiy barqarorlik, adolat, siyosiy an’analar.

Abstract

Ushbu tezisda Amir Temurning davlat boshqaruvi va siyosiy hokimiyatni mustahkamlash tamoyillari “Temur tuzuklari” asari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda siyosiy legitimlik, davlat hokimiyatining asoslari, adolat tamoyili hamda hukmdor va davlat amaldorlari o‘rtasidagi munosabatlarning siyosiy boshqaruvdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Amir Temur hokimiyatining mustahkamlanishida siyosiy an’analar, harbiy salohiyat, hukmdorning shaxsiy nufuzi va boshqaruv mexanizmlarining ahamiyati siyosatshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Tezisda “Temur tuzuklari”da aks etgan davlat boshqaruvi tamoyillarining tarixiy-siyosiy mohiyati ochib berilib, ularning siyosiy hokimiyat va barqarorlik nazariyalari bilan aloqador jihatlari tahlil qilinadi.

References

1. Amir Temur. Temur tuzuklari. – Toshkent: “Shodlik nashriyoti”, 2020.

2. Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома. – Тошкент: “Шарқ”, 1997.

3. Ergashev Z.Z., Qolqanov N. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida davlat boshqaruvi va ijtimoiy adolat prinsiplari. “Yoshlar va ilm-fan” jurnali, 3-son. – Toshkent, 2025.

Published

2026-10-24