TOSHKENT ZIYORATGOHLARIDAGI BITIKLAR: SO‘Z VA SAN’AT UYG‘UNLIGI

Authors

  • Kalbayeva Maftuna Xusanboy qizi Author

Keywords:

bugungi kunda oʻzining asosiy vazifasi-ma’rifat tarqatuvchi dargoh funksiyasini bajarmoqda, ayni damda bu maskan sayyohlar va barcha Oʻzbekiston xalqi uchun beminnat hizmat qilmoqda. XVI asrga tegishli boʻlgan madrasa, oʻsha davr boshqa ta’lim dargohlari singari, ham turar-joy va ta’lim yoʻnalishidagi binolardan boʻlgan. Binoning arxitekturaviy tuzilishi toʻrtburchak boʻlib, ikki qavatli, shakl boʻylab atrofini hujralar oʻrab turadi.

Abstract

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida maʼnaviy hayotni yuksaltirish, tarixiy xotirani tiklash va milliy o‘zlikni anglash jarayonida muhim ijtimoiy-madaniy siljishlar yuz berdi. Ayniqsa, diniy-maʼnaviy merosga bo‘lgan e’tibor sezilarli darajada oshdi. Bu jarayon, avvalo, diniy inshootlarning tiklanishi, yangi masjid va ziyoratgohlarning bunyod etilishi, mavjud maqbaralarning restavratsiya qilinishi hamda ularning meʼmoriy-bezak jihatdan boyitilishida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Mazkur obidalarda me’morlik, naqshinkorlik, ganchkorlik, koshinkorlik kabi an’anaviy san’at turlari bilan bir qatorda, xattotlik san’ati ham muhim estetik va ma’naviy o‘ringa ega bo‘lgan san’at turi sifatida keng qo‘llanilmoqda.Xattotlik sanʼati, islomiy madaniyatda, O‘zbekistonda o‘zgacha qadrlanib, Qurʼoni karim oyatlari, hadisi-shariflar va tasavvufiy hikmatlarni go‘zallik bilan tasvirlash orqali diniy mazmunga ega matnlarni muqaddas joylar muhitiga mos ravishda aks ettirish imkonini beradi. Bu san’at turi nafaqat matnni bezatadi, balki uning chuqur ma’naviy mazmunini ochib berishda, muhitga ruhiy poklik, estetik uyg‘unlik baxsh etishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ziyoratgohlar-ya’ni elyurti uchun nafi tekkan shaxslar qabrlari ustiga qurilgan maqbaralar, xonaqohlar va boshqa muqaddas qadamjolar kesimida xattotlik san’atining o‘ziga xos shakllari, uslublari, joylashuvi va bezak kompozitsiyasidagi o‘rni beqiyosdir. Mazkur bobda mustaqillik yillarida restavratsiya qilingan ziyoratgohlar misolida xattotlik

References

1. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар ТОШКЕНТ ШАҲРИ–Тошкент.

UZBEKISTAN TODAY, 2016.

2. Яхьяев. А.Г. Самое крупное медресе Ташкента. –Тошкент. 2010.

3. Burckhardt T. Art of Islam: Language and Meaning. World of Islam Festival

Publishing Company. London, 1976

Published

2026-04-25