BOLALARDA OLIGOFRENIYA VA ES-HUSH BUZILISHLARINING KLINIK-NEYROFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Authors

  • Muxtorova Madinabonu Jamil qizi Author
  • Akbarova Muruvvat Sobirovna Author

Keywords:

Oligofreniya, debillik, imbetsillik, idiotiya, aqliy rivojlanish buzilishi, markaziy nerv tizimi, es-hush buzilishi, somnolent, stupor, sopor, koma.

Abstract

Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan oligofreniyaning kelib chiqish sabablari, klinik xususiyatlari hamda darajalari yoritilgan. Oligofreniya markaziy nerv tizimining rivojlanishidagi buzilishlar natijasida yuzaga keladigan tug‘ma yoki erta yoshda shakllanadigan aqliy rivojlanish yetishmovchiligi sifatida tavsiflanadi. Maqolada ushbu kasallikning asosiy shakllari — debillik, imbetsillik va idiotiya darajalari hamda ularning klinik belgilari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, oligofreniya bilan og‘rigan bolalarda aqliy faoliyatning sustligi, nutq rivojlanishining orqada qolishi, ijtimoiy moslashuv qiyinchiliklari kabi holatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari, es-hush buzilishining somnolent, stupor, sopor va koma kabi darajalari ham ko‘rib chiqilib, ularning markaziy nerv tizimi faoliyati bilan bog‘liqligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari oligofreniyani erta aniqlash, bemor bolalarga to‘g‘ri tibbiy va pedagogik yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

References

1. Ashurova D.T., Tursunova O.A., Axrarova N.A., Mambetkarimov G.A., Leonberg

B.L. “Bolalar kasalliklari propedevtikasi”: Darslik–2021.

2. Xo‘jayeva N.I. “Psixiatriya va bolalar psixonevrologiyasi”: Darslik-2020.

3. Asadov A.S. “Bolalarda markaziy nerv tizimi patologiyalari’ : - 2017.

Published

2026-03-18