ADABIYOT TA’LIMIDA TALABALARNING KASBIY REFLEKSIV-EMPATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NEYROPEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
empatik, neyropedagogik, adabiyot, idrok, kasbiy, kognitiv, pedagogik, refleksiv, tahlil, talabalardaAbstract
Zamonaviy globallashuv va tizim dasturlari asosida ta’limning gumanistik shaklini saqlab qolish, talabalarda hissiy intellekt va kasbiy refleksiyani rivojlantirish pedagogik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. An’anaviy adabiyot o‘qitish metodikasi ko‘p sharoitda faqat kognitiv bilish jarayonlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, pedagogik faoliyatning asosi bo‘lmish empatik muloqot va neyro-estetik idrok masalalari e’tibordan chetda qolmoqda. Shu bois, neyropedagogik yondashuvlar asosida talabalarning refleksiv-empatik kompetentligini rivojlantirishni takomillashtirish zarur.References
Adabiyot ta’limida neyropedagogik yondashuvning tatbiq etilishi bo‘lajak
o‘qituvchini shunchaki nazariy bilimlar tashuvchisi bo‘lishdan qutqarib, uni yuqori
darajadagi kasbiy refleksiyaga ega bo‘lgan empatik mediator sifatida shakllantirishga
xizmat qiladi. Miya faoliyatining neyrofiziologik qonuniyatlariga asoslangan ushbu
yondashuv talabalarda badiiy matnni idrok etishning kognitiv va affektiv
mexanizmlarini sinxronlashtirish imkonini beradi. Bunday yondashuv adabiyot
darslarini nafaqat bilim berish, balki o‘quvchining ruhiy va intellektual dunyosini
tushunishga yo‘naltirilgan jonli muloqot maydoniga aylantiradi. Oxir-oqibat,
neyropedagogik kompetentlik bo‘lajak mutaxassisning kasbiy barqarorligini va
shaxslararo munosabatlardagi metodik mahoratini yangi bosqichga olib chiqadi.