OʻZBEK TILIDA PREDMETLARARO METAFORA ASOSIDA SOʻZ YASALISHINING LINGVOKOGNITIV VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
predmetlararo metafora, semantik derivatsiya, soʻz yasalishi, lingvokognitiv tahlil, konseptual metafora, nominatsiya, leksik maʼno, oʻzbek tili. Til – inson tafakkuri va madaniyatining eng muhim ifoda vositasi bo‘lib, unda jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan rivoji va insonning borliqni anglash jarayoni o‘z aksini topadi. Jamiyat hayotida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar yangi predmet va tushunchalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday yangiliklarni nomlash zarurati esa tilning ichki imkoniyatlarini ishga soladi. Natijada yangi so‘zlar va yangi ma'nolar yuzaga keladi. So‘z yasalishi ana shu jarayonning asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lib, u morfologik, sintaktik va semantik usullar orqali amalga oshadi.Abstract
Mazkur maqolada oʻzbek tilida predmetlararo metafora asosida soʻz yasalishining lingvokognitiv va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Metafora tilning nominativ imkoniyatlarini kengaytiruvchi, yangi maʼnolarni hosil qiluvchi hamda inson tafakkuri va til oʻrtasidagi munosabatni aks ettiruvchi muhim vositalardan biri sifatida baholanadi. Tadqiqotda predmetlararo metaforaning yuzaga kelish omillari, uning semantik derivatsiyadagi oʻrni, nominativ funksiyasi hamda zamonaviy oʻzbek tilidagi qoʻllanish xususiyatlari misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, metaforaning kognitiv mohiyati, konseptual metafora nazariyasi bilan bogʻliqligi ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari predmetlararo metaforaning nafaqat badiiy uslub, balki ilmiy va texnik terminologiya rivojida ham muhim oʻrin tutishini ko‘rsatadi.References
Раҳматуллаев Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet, 2006.
Ҳожиев A. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.
Ne'matov H., Rasulov R. O‘zbek tili leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi,
1995.
Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2006.
Nurmonov A. Tanlangan asarlar. Tilshunoslik masalalari. – Toshkent: Akademnashr,
2012.
Mahmudov N. Til va nutq. – Toshkent: Ma'naviyat, 2013.
Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2018.
Yo‘ldoshev B. O‘zbek tili leksikologiyasi va frazeologiyasi. – Toshkent: Yangi asr
avlodi, 2007.
Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press,
1980.
Lakoff G. Women, Fire, and Dangerous Things. Chicago: University of Chicago Press,
1987.
Kövecses Z. Metaphor: A Practical Introduction. Oxford: Oxford University Press,
2010.
Black M. Models and Metaphors. Ithaca: Cornell University Press, 1962.
Ricoeur P. The Rule of Metaphor. London: Routledge, 1977.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2020.
O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020.