JISMONIY TARBIYA VA SPORT YO'NALISHI TALABA QIZLARINING KOORDINATSION QOBILIYATLARINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Urazoliyeva Shaxnoza Rustam qizi Author

Keywords:

koordinatsion qobiliyatlar, innovatsion yondashuv, talaba qizlar, muvozanat, sensor-motor integratsiya, stabilometriya, pedagogik tajriba, jismoniy tarbiya

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatlarini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish muammosi yoritilgan. Tadqiqot doirasida Guliston davlat universiteti, Navoiy davlat universiteti va Samarqand davlat pedagogika institutida tajriba va nazorat guruhlari (har birida n=40-50) ishtirokida uch yillik shakllantiruvchi pedagogik tajriba o'tkazildi. Tajriba jarayonida variativ mashqlar, sensor-motor integratsiya elementlari, differensial o'qitish hamda interaktiv texnologiyalarga asoslangan innovatsion mashg'ulotlar tizimi qo'llanildi. ST-150 stabilometrik platforma, TENZA muvozanat apparati va TANITA analizatori yordamida olingan natijalar matematik-statistik usullar (Styudent t-mezoni) orqali qayta ishlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, tajriba guruhida umumiy muvozanat indeksi 35,6 foizga, dinamik muvozanat 37,4 foizga oshgan bo'lib, bu ko'rsatkichlar nazorat guruhidagi o'sish sur'atidan (9,7-11 foiz) sezilarli darajada yuqori (p<0,001). Olingan natijalar ishlab chiqilgan metodikaning yuqori pedagogik samaradorligini tasdiqlaydi va uni oliy ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya jarayoniga joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslaydi.

References

1. Umarov M.N. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. - Toshkent:

O'qituvchi, 2021.

2. Eshtayev A.K. Sport mashg'ulotlarida koordinatsion qobiliyatlarni

rivojlantirish metodikasi. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.

3. Musayev B.B., Xasanova G.M. Talaba yoshlarda harakat faolligini oshirish

muammolari. // Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-nazariy jurnali. - 2022. - №3. - B. 45-

52.

4. Xankeldiyev Sh.X. Sportchilarning funksional tayyorgarligini baholash

usullari. - Toshkent: Fan, 2019.

5. Artemeva J.S., Proxorova M.V. Координационные способности студентов

в системе физического воспитания. - Москва: Физкультура и спорт, 2020.

6. Boloban V.M. Sistema obucheniya dvijeniyam slojnoy koordinatsii. - Kiev:

Olimpiyskaya literatura, 2018.

7. Brewin M.A., Arampatzis A. Biomechanical analysis of coordination training

in athletes. // Journal of Sports Sciences. - 2021. - Vol. 39, No. 4. - P. 210-219.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son

Farmoni "Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida".

9. Xolmurodov L.Z. Adaptiv jismoniy tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari. -

Toshkent: Ilm-ziyo, 2022.

10. World Health Organization. Global status report on physical activity 2022. -

Geneva: WHO Press, 2022.

Published

2026-09-07