O‘ZBEKISTONDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI
Keywords:
investitsiya, investitsiya loyihasi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, davlat investitsiya dasturi, soliq imtiyozlari, maxsus iqtisodiy zonalar, davlat-xususiy sheriklik, investitsiya muhitiAbstract
Mazkur tezisda O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari, ularning investitsiya faolligini oshirishdagi o‘rni hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hamda xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha so‘nggi statistik ma’lumotlardan foydalanilgan. Tahlil natijasida davlat tomonidan investitsiya loyihalarini moliyaviy, institutsional, soliq-bojxona va infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini tanlash, moliyalashtirish va monitoring qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar. 2025-yil yakunlari bo‘yicha press-reliz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. SIAT — Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. Investitsiya sohasidagi natijalar bo‘yicha axborot, 21.04.2025.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi / Invest Uzbekistan. Investment Guide – 2025.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi. 2025-yil yakunlari: Agentlik faoliyati natijalari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Investitsiyalar bo‘yicha statistika ma’lumotlari, 2025–2026-yillar.