IJTIMOIY MASOFANING LINGVISTIK VA LINGVOMADANIY IFODASI
Keywords:
ijtimoiy, masofa, zbek, murojaat, hurmat, hokimiyat, masofaning, braun, xushmuomalalik, faceAbstract
Ushbu tezisda ijtimoiy masofaning til tizimidagi va lingvomadaniy makondagi ifodasi tahlil qilingan. Ijtimoiy masofa kommunikantlar o‘rtasidagi ijtimoiy, psixologik va madaniy munosabatlarning o‘lchovi bo‘lib, u tilning leksik, grammatik hamda pragmatik sathlarida o‘z aksini topadi. Xorijiy tilshunoslikda R.Braun va A.Gilmanning “hokimiyat va hamjihatlik semantikasi”, P.Braun va S.Levinsonning xushmuomalalik nazariyasi, E.Xollning proksemika konsepsiyasi hamda G.Xofstedening “hokimiyat masofasi” o‘lchovi asosida ijtimoiy masofaning lingvistik tabiati ochib berilgan. O‘zbek tilshunosligida esa “siz/sen” murojaat shakllari, hurmat kategoriyasi hamda murojaat birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy masofaning o‘zbek, ingliz va rus tillarida turlicha ifodalanishi qiyosiy jihatdan asoslangan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy masofa, lingvomadaniyat, murojaat shakllari, “siz/sen” oppozitsiyasi, hurmat kategoriyasi, xushmuomalalik, proksemika, hokimiyat masofasi, pragmatika, sotsiolingvistika. Аннотация: В данных тезисах анализируется языковое и лингвокультурное выражение социальной дистанции. Социальная дистанция –это мера социальных, психологических и культурных отношений между коммуникантами, которая находит отражение на лексическом, грамматическом и прагматическом уровнях языка. В зарубежной лингвистике языковая природа социальной дистанции раскрывается на основе «семантики власти и солидарности» Р.Брауна и А.Гилмана, теории вежливости П.Браун и С.Левинсона, концепции проксемики Э.Холла и измерения «дистанции власти» Г.Хофстеде. В узбекском языкознании проанализированы исследования форм обращения «сиз/сен», категории уважения и лингвокультурных особенностей единиц обращения. Также в сопоставительном аспекте обосновано различное выражение социальной дистанции в узбекском, английском и русском языках. Ключевые слова: социальная дистанция, лингвокультурология, формы обращения, оппозиция «вы/ты», категория уважения, вежливость, проксемика, дистанция власти, прагматика, социолингвистика. Abstract: This thesis analyzes the linguistic and linguocultural expression of social distance. Social distance is a measure of social, psychological and cultural relations between communicants, reflected at the lexical, grammatical and pragmatic levels of language. In foreign linguistics, the linguistic nature of social distance is revealed on the basis of R. Brown and A. Gilman's “semantics of power and solidarity”, P. Brown and S. Levinson's politeness theory, E. Hall's proxemics concept and G. Hofstede's “power distance” dimension. In Uzbek linguistics, studies on the address forms “siz/sen”, the category of respect and linguocultural features of address units are analyzed. The different expression of social distance in Uzbek, English and Russian languages is also substantiated in a comparative aspect. Keywords: social distance, linguoculturology, forms of address, “you/thou” opposition, category of respect, politeness, proxemics, power distance, pragmatics, sociolinguistics.References
1. Brown R., Gilman A. The Pronouns of Power and Solidarity // Style in Language /
Ed. by T.A. Sebeok. – Cambridge, Mass.: MIT Press, 1960. – P. 253-276.
2. Brown P., Levinson S.C. Politeness: Some Universals in Language Usage. –
Cambridge: Cambridge University Press, 1987.
3. Goffman E. Interaction Ritual: Essays on Face-to-Face Behavior. – New York:
Pantheon Books, 1967.
4. Hofstede G. Dimensionalizing Cultures: The Hofstede Model in Context // Online
Readings in Psychology and Culture. – 2011. – Vol. 2, No. 1.
5. Ahmadjonov N. O‘zbek va nemis rahbar-muloqot diskursida nutq odobi va uning
lingvistik aspektlari // Uzbekistan: Language and Culture. – 2026.
6. Begaliyeva S.X qizi. O‘zbek tili tizimida “hurmat” konseptining mazmuni va
madaniy-pragmatik xususiyatlari // Dunyo ilmiy hamjamiyat yangiliklari, muammo va
yechimlari. – 2026.
7. Boboyozova N. O‘zbek va ingliz tillarida murojaat shakllarining chog‘ishtirmalingvomadaniy tahlili // Tamaddun nuri jurnali. – 2026.
8. Jamolitdinova D. Ingliz va o‘zbek tillarida bolalarga qaratilgan murojaat
birliklarining lingvokulturologik tadqiqi // Advances in Science and Humanities. –
2025.
9. Nishanova S. Nutq muloqoti jarayonida murojaat shaklini tanlash // Innovation and
Development. – 2026.
10. Xo'jayev N. O‘zbek tilida murojaat shakllari va ularning gender xoslanishi //
O‘zbek tilining xorijda o‘qitilishi: ta’lim va innovatsiya. – 2024.