PEDAGOGIK NUTQ MADANIYATINI NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Keywords:
Pedagogik nutq, nutq madaniyati, pedagogik muloqot, nutqiy kompetensiya, adabiy til me’yorlari, o‘qituvchi nutqi, tarbiyachi nutqi, kommunikativ kompetensiya, nutqning aniqligi, nutqning ravonligi, nutqning ifodaliligi, nutqning ta’sirchanligi, pedagogik mahorat, muloqot madaniyati.Abstract
Mazkur maqolada pedagogik nutq madaniyatining nazariy va amaliy asoslari, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va pedagog kasbiy faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan. Pedagog nutqi o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchiga bilim berish, fikrni aniq va tushunarli yetkazish, muloqot o‘rnatish hamda shaxslararo munosabatlarni samarali tashkil etishning muhim vositasi sifatida tahlil qilingan. Maqolada pedagogik nutqning mazmuni, to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ravonligi, ifodaliligi, sofligi va ta’sirchanligi kabi asosiy mezonlari ochib berilgan. Shuningdek, pedagog nutqida adabiy til me’yorlariga rioya qilish, ovoz ohangi, talaffuz, so‘z boyligi, nutq sur’ati va pedagogik muloqot madaniyatining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Pedagogik nutq madaniyatini rivojlantirishning amaliy usullari, jumladan, muntazam kitob o‘qish, nutqiy mashqlar bajarish, suhbat va munozaralarda faol ishtirok etish, o‘z nutqini tahlil qilish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari ham yoritilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoni. – Toshkent, 2023.
3. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.
4. Mahmudov N. Til va nutq. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.
5. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
6. Sattorov T. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent.
7. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.
8. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006.
9. Hasanboyeva O. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Ilm ziyo, 2011.
10. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010.