O‘ZBEKISTON DEVELOPERLIK LOYIHALARINING PR KOMMUNIKATSIYASIDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT VA SHAXSIY BREND INTEGRATSIYASI
Keywords:
PR kommunikatsiyasi, generativ sun’iy intellekt, shaxsiy brend, developerlik loyihalari, raqamli kommunikatsiya, auditoriya ishonchi, autentiklik, shaffoflik.Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston developerlik loyihalarining zamonaviy PR kommunikatsiyasida generativ sun’iy intellekt (GenSI) texnologiyalari va ekspert shaxsiy brendining integratsiyasi hamda uning auditoriya ishonchini shakllantirishdagi kommunikativ ahamiyati tadqiq etiladi. Raqamli media muhitida developerlik loyihalari uchun nafaqat axborotni tezkor va vizual jihatdan jozibador yetkazish, balki ishonchli kommunikativ munosabatlarni shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. GenSI matn, tasvir va video kontent yaratish jarayonlarini tezlashtirishi mumkin bo‘lsa-da, uning qo‘llanilishi kontentning autentikligi, shaffofligi va manba ishonchliligi bilan bog‘liq yangi kommunikativ muammolarni yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda manbaning ishonchliligi, shaffofligi va auditoriya munosabati tushunchalari o‘zaro bog‘liq kommunikativ kategoriyalar sifatida tahlil qilinadi. Mazkur model O‘zbekiston sharoitida developerlik loyihalarining raqamli PR strategiyalarini kommunikativ jihatdan takomillashtirish uchun nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.References
1. Jacobson, J. (2020). You are a brand: Social media managers’ personal branding and “the future audience.” Journal of Product & Brand Management, 29(6), 715–727. https://doi.org/10.1108/JPBM-03-2019-2299
2. Kirk, C. P., & Givi, J. (2025). The AI-authorship effect: Understanding authenticity, moral disgust, and consumer responses to AI-generated marketing communications. Journal of Business Research, 186, 114984. https://doi.org/10.1016/j.jbusres.2024.114984
3. Koning, B., & Voorveld, H. A. M. (2025). Disclaimer! This content is AI-generated: How AI-disclosures influence trust in advertisements and organizations. Journal of Interactive Advertising, 25(3), 240–253. https://doi.org/10.1080/15252019.2025.2554149
4. Wang, Y., Sauka, K., & Situmeang, F. B. I. (2025). Anthropomorphism and transparency interplay on consumer behaviour in generative AI-driven marketing communication. Journal of Consumer Marketing, 42(4), 512–536. https://doi.org/10.1108/JCM-04-2024-6806