O‘ZBEKISTONDA STARTAP-INVESTITSIYA SHARTNOMALARINI QO‘LLASHNING MODDIY-HUQUQIY MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Keywords:
startap-investitsiya shartnomalari, SAFE, Convertible Note, venchur sarmoya, korporativ huquq, konvertatsiya, anti-dilution, liquidation preferenceAbstract
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va startap ekotizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunda O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda eng tez rivojlangan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Biroq iqtisodiy sohadagi ushbu ulkan sakrashlarga qaramay, venchur sarmoyasini jalb etishning zamonaviy talablari va milliy fuqarolik hamda korporativ qonunchiligimiz o‘rtasida o‘ziga xos tafovutlar mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, global venchur bozorida keng qo‘llaniladigan “SAFE” (Kelajakdagi ulush evaziga moliyalashtirish to‘g‘risidagi oddiy kelishuv) va “Convertible Note” (Konvertatsiya qilinadigan qarz) kabi investitsiya vositalari O‘zbekiston yurisdiksiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilganda bir qator yuridik to‘siqlarga duch kelmoqda. Mazkur tadqiqot ishi transmilliy startap-investitsiya shartnomalarini milliy korporativ qonunchiligimizga integratsiya qilishda yuzaga kelayotgan dolzarb huquqiy muammolarni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha aniq normativ takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Birinchi va Ikkinchi qismlari).
2. O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, 2026-yil 21-aprel, O‘RQ-1137-son.
3. [Coyle J.F. 2018: 428–430] Coyle John F. and Green Joseph M., “The SAFE, the KISS, and the Note: A Survey of Startup Seed Financing Contracts”, Minnesota Law Review 103.
4. [Tojiboyev A.Z. 2021: 12] Tojiboyev A.Z., “Startaplar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” (PhD dissertatsiyasi avtoreferati), Toshkent davlat yuridik universiteti.
Downloads
Published
2026-10-12
Issue
Section
Articles