O‘ZBEKISTONDA CHET EL HUQUQI MAZMUNINI ANIQLASHNING AMALDAGI HUQUQIY MEXANIZMI: MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Sultamuradova Sohiba G‘ayrat qizi Author

Keywords:

xalqaro xususiy huquq, chet el huquqi, chet el huquqi mazmunini aniqlash, kollizion normalar, sud, isbotlash majburiyati, ekspert xulosasi, xalqaro huquqiy hamkorlik, huquqiy axborot, Fuqarolik kodeksi.

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekistonda chet el huquqi mazmunini aniqlashning amaldagi huquqiy mexanizmi, uni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan muammolar hamda ushbu mexanizmni takomillashtirish istiqbollari tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasida belgilangan qoidalar asosida chet el huquqining mazmunini aniqlashda sud va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakolatlari, xorijiy huquqiy manbalardan foydalanish, ekspertlarni jalb qilish hamda vakolatli organlardan huquqiy axborot olish masalalari yoritiladi. Shuningdek, chet el huquqining mazmunini oqilona muddatda aniqlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar va bunday holatlarda milliy huquqni qo‘llashning huquqiy oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, xalqaro huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va chet el huquqi mazmunini aniqlashning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

References

1. Johnson D.R., Post D. Law and Borders: The Rise of Law in Cyberspace. Stanford Law Review, 1996, vol. 48, no. 5, pp. 1367–402. JSTOR. DOI: 10.2307/1229390

2. ALI/UNIDROIT Principles of Transnational Civil Procedure https://www.unidroit.org/

3. Civil Evidence Act https://www.legislation.gov.uk/ukpga/1972/30/contents

4. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi- https://lex.uz/docs/-180552

5. Code of Civil Procedure- https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_zpo/englisch_zpo.html

6. Rustambekov I. umumiy tahriri ostida. Xalqaro xususiy huquq: darslik. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Darslikning “Chet el huquqi mazmunining aniqlanishi” qismi. https://namdu.uz/pdf-viewer/media/Books/pdf/2024/06/05/NamDU-ARM-4005-Xalqaro_xususiy_huquq.pdf/

7. Ward, T., Plenderleith Ferguson, A. “Proof of Foreign Law: A Reduced Role for Expert Evidence?” Journal of Private International Law, 2024, Vol. 20, No. 1, pp. 95–116. DOI:10.1080/17441048.2024.2347720

Published

2026-10-12