MUSTAQILLIK YILLARIDA AVTOMOBILSOZLIK VA ENERGETIKA TARAQQIYOTI.
Keywords:
Samarqand viloyati, «SamKochavto», «SamAvto», avtobus ishlab chiqarish, kichik GES, quyosh energetikasi.Abstract
Maqolada mustaqillik yillarida (1991–2023) Samarqand viloyatida avtomobilsozlik va energetikaning tarixiy rivojlanishi mintaqaviy darajada tahlil qilinadi. Viloyatda еngil avtomobil emas, avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan: o‘zbek–turk «SamKochavto» qo‘shma korxonasidan (1996) Yaponiyaning «Isuzu Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikdagi «SamAvto»gacha bo‘lgan yo‘l ko‘rsatilgan. Statistik ma’lumotlar va muallif hisob-kitoblariga ko‘ra, avtobus va yuk avtomobillarining ulushi 2001, 2007 va 2011-yillarda umumiy avtomobil ishlab chiqarishning taxminan 1 foizini tashkil etgan. Energetikada viloyat quvvati 43,1 MVt bo‘lgan kichik GESlar kaskadiga tayanadi (quvvatning 93 foizi 1945–1962-yillarda qurilgan); rejalashtirilgan quyosh va kichik GES loyihalarining umumiy quvvati esa 347,5 MVt. Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, kichik GESlarning 1 MVt quvvatga rejalashtirilgan qiymati quyosh stansiyalarinikidan taxminan 3,3 baravar yuqori. Xulosada ikki tarmoq turli mantiqda rivojlangani va respublika tendensiyalarini mintaqaviy materiallar bilan to‘ldirish zarurligi qayd etilgan.References
1. Xalq so‘zi, 1995-yil 11-iyul.
2. Imamov B.X. O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar (1991–2018 yy.): monografiya. – Qarshi: “Intellekt”, 2021. – B. 59–61.
3. O‘zbekiston avtomobilsozlik tarixi, rivojlanishi va bugungi kun istiqbollari. – https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-avtomobilsozlik-tarixi-rivojlanishi-va-bugungi-kun-istiqbollari
4. Xalq so‘zi, 2002-yil 3-yanvar.
5. SamAvto korxonasi rasmiy veb-sayti. – https://samavto.uz
6. Энергетическая хартия. Углублённый обзор политики Республики Узбекистан в области энергоэффективности. – Брюссель: Секретариат Энергетической хартии, 2022. – 219 с.
7. O‘zbekistonning yillik statistik to‘plami. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yillik statistik to‘plami 2008. – Toshkent, 2009. – B. 237.
8. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990–2011-yillar) asosiy tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 2012–2015-yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2013. – B. 29–30.
9. Soliyev A., Nazarov M., Qurbonov Sh. O‘zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi: monografiya. – Toshkent: “Mumtoz so‘z”, 2010.