MASJID BINOSINING MAVJUD HOLATINI LIRA DASTURIDA SXEMASINI YASASH VA DEFORMATSIYA HOLATINI ANIQLASH
Keywords:
Masjidning ichki gumbazi va tashqi gumbazi o‘zaro bog‘langan holda ishlashi sababli modelda ularning birgalikdagi deformatsion holati hisobga olindi. Gumbazning yuklari baraban qismi orqali devorlarga uzatilishi va devorlar orqali poydevorga taqsimlanishi hisoblash jarayonida alohida e’tiborga olindi. Ayniqsa, arkalar bilan gumbaz tutashgan zonalarda kuchlanishlarning konsentratsiyalanishi ehtimoli mavjudligi sababli ushbu hududlarda mayda chekli elementlar tarmog‘i qo‘llanildiAbstract
“Ko‘k Gumbaz” masjidi binosining mavjud texnik holatini baholash maqsadida inshootning fazoviy hisobiy modeli LIRA-SAPR dasturiy majmuasida yaratildi. Hisobiy modelni shakllantirishda masjidning real geometrik o‘lchamlari, konstruktiv sxemasi, gumbaz tizimi, qalin yuk ko‘taruvchi devorlari hamda arkali elementlari hisobga olindi. Modelni yaratishda obidaning arxitektura-rejaviy yechimlari, dala kuzatuvlari natijalari va mavjud o‘lchov ma’lumotlaridan foydalanildi. Masjid binosi murakkab fazoviy konstruktiv tizimga ega bo‘lgani sababli hisobiy model uch o‘lchamli fazoviy tizim ko‘rinishida shakllantirildi. Hisoblash jarayonida gumbaz, baraban qismi, arkalar, tashqi devorlar va poydevor elementlari chekli elementlarga ajratilib modellashtirildi. Konstruksiyalarni modellashtirishda qobiqsimon va hajmiy chekli elementlardan foydalanildi. Bu esa konstruksiyaning real ish holatini maksimal darajada aniq ifodalash imkonini berdi.References
3.1.3-rasmda masjid binosining umumiy hisobiy sxemasi keltirilgan. Mazkur
sxema asosida bino konstruksiyasining deformatsion holati, ichki kuchlanishlari va
siljishlari aniqlandi. Hisoblash ishlari chekli elementlar usuli asosida bajarildi. Bunda
bino konstruksiyasiga doimiy yuklar, vaqtinchalik yuklar hamda seysmik ta’sirlar
qo‘llanildi. Seysmik yuklar QMQ va KMK me’yoriy hujjatlariga muvofiq 8 ballik
Downloads
Published
2026-05-14
Issue
Section
Articles