BUXORO VA ROSSIYA O‘RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR

Authors

  • Ismoilova Roxila Nortojiyevna Author

Keywords:

Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi, diplomatik munosabatlar, elchilik, tashqi siyosat, Amir Muzaffar, Markaziy Osiyo, Rossiya ekspansiyasi, savdo aloqalari, diplomatik muzokaralar

Abstract

Mazkur maqolada Buxoro amirligi va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi, ularning siyosiy, iqtisodiy va harbiy-strategik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro–Rossiya munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilishi, Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyodagi siyosiy va harbiy ekspansiyasi, Buxoro amirligining diplomatik strategiyasi hamda siyosiy-diplomatik jarayonlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Rossiyaning Buxoro bilan savdo va diplomatik aloqalarni rivojlantirish orqali o‘zining Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytirishi, diplomatik muzokaralar bilan bir qatorda harbiy bosimdan foydalanishi yoritiladi. 1868 yilgi harbiy voqealardan keyin tuzilgan kelishuvlar natijasida Buxoro amirligining tashqi siyosiy mustaqilligi jiddiy cheklangani, biroq ichki boshqaruv tizimi saqlanib qolgani ko‘rsatiladi. Maqolada Buxoro–Rossiya diplomatik munosabatlarining tarixiy ahamiyati ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar doirasidan kengroq bo‘lib, XIX asrda Markaziy Osiyoning geosiyosiy o‘zgarishlari bilan uzviy bog‘liq ekanligi asoslanadi.

References

1. Мусаев Н. XIX асрнинг II ярми–XX аср бошларида Туркистонда саноат... – Б.16.,

2. Раззоқов Д.Х. Бухоро хонлигининг ташқи савдо алоқалари (XIX асрнинг 60-90 йиллари). Тар. фан. номзоди дисс... – Ташкент, 1994. – Б. 56.

3. Петровский Н.Ф. Моя поездка в Бухару. Путевые наблюдение и заметки. – Ташкент, 1872. – С.238.

4. Петровский Н.Ф. Моя поездка в Бухару. Путевые наблюдение ... – С.242-243.

5. Раззоқов Д.Х. Бохоро хонлигининг ташқи савдо алоқалари ... – С.65.

6. Ремез И.А. Внешняя торговля Бухары до мировой войны... – С. 49.

Published

2026-09-14