O‘ZBEK MILLIY MUSIQASIDA IJROCHILIK BEZAKLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNI NOTA YOZUVIDA IFODALASH MUAMMOLARI

Authors

  • Yuldashev Jahongir Author

Keywords:

O‘zbek milliy musiqasi, ijrochilik bezaklari, nola, qochirim, kashish, molish, sayqal, nota yozuvi, notalashtirish, milliy cholg‘ular, ijro uslubi.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek milliy musiqa ijrochiligida muhim badiiy-ifodaviy vosita sifatida namoyon bo‘ladigan ijrochilik bezaklarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Ijrochilik bezaklarining milliy musiqa tafakkuri, ijro uslubi va musiqiy obrazni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, nola, qochirim, kashish, molish, sayqal kabi ijrochilik hodisalarining musiqiy mazmunni ifodalashdagi vazifalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada milliy ijrochilik bezaklarini an’anaviy nota yozuvi vositalari orqali qayd etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinib, ijro jarayonining nozik jihatlarini nota matnida aniq va tushunarli ifodalash masalasi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek milliy musiqa ijrochiligidagi bezaklarni tizimlashtirish va ularni takomillashtirilgan notalashtirish usullarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

References

1. Fitrat A. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. – Toshkent: Fan, 1993.

2. Akbarov I. Musiqa lug‘ati. – Toshkent, 1986.

3. Matyoqubov O. Maqomot. – Toshkent.

4. O‘zbek milliy musiqa ijrochiligi va milliy cholg‘ular bo‘yicha ilmiy-uslubiy tadqiqotlar.

Published

2026-10-03