PAYARIQ VA PASTDARG‘OM TUMANLARIDA YETISHTIRILGAN BALIQLARDAN TAYYORLANGAN KONSERVALARNING TOKSIK ELEMENTLAR BO‘YICHA XAVFSIZLIGI
Keywords:
baliq konservasi, toksik elementlar, og‘ir metallar, simob, qo‘rg‘oshin, mishyak, biomagnifikatsiya, oziq-ovqat xavfsizligiAbstract
Maqolada Payariq va Pastdarg‘om tumanlarida yetishtirilgan zog‘ora baliq, do‘ngpeshona va laqqadan tayyorlangan tomat sousidagi konservalarda simob, mishyak, qo‘rg‘oshin, rux, nikel va temir miqdori aniqlangan. Mishyak, qo‘rg‘oshin va rux miqdori ruxsat etilgan me’yorlarning mos ravishda 2–5, 10–40 va 4,5–6,2 % ini tashkil etdi, nikel aniqlanmadi. Zog‘ora va do‘ngpeshona konservalarida simob miqdori 0,31–0,35 mg/kg bo‘lib, yirtqich bo‘lmagan baliqlar uchun belgilangan me’yordan 1,03–1,17 baravar yuqori bo‘ldi. Yirtqich laqqada simob eng ko‘p to‘plangan (0,46 mg/kg), biroq yirtqich baliqlar me’yoridan past bo‘ldi. Natijalar suv havzalarini simob bo‘yicha monitoring qilish zarurligini ko‘rsatadi.References
1. FAO. The State of World Fisheries and Aquaculture 2024. Blue Transformation in action. – Rome: FAO, 2024. – 264 p.
2. Qo‘chqorova S.Q., Pulatov I.B. Karp baliqlari va ularning iste’mol qiymatini baholash // Veterinariya meditsinasi. – 2020. – №10. – B. 35.
3. Pulatov I.B., Normaxmatov R. Baliqning massa tarkibi – muhim tovarshunoslik ko‘rsatkichidir // Agro ilm. – 2020. – №64. – B. 64.
4. Tashmanov R.K., Po‘latov I.B., Ilashev J.H. Oziq-ovqat sanoatida baliq go‘shtining muhim tovarshunoslik tavsifi // Agro ilm – O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. – 2025. – Maxsus son 8 [118]. – B. 300–301.
5. ГОСТ 16978-99. Консервы рыбные в томатном соусе. Технические условия.
6. ГОСТ 26927-86. Сырье и продукты пищевые. Метод определения ртути.
7. ГОСТ 26930-86. Сырье и продукты пищевые. Метод определения мышьяка.
8. ГОСТ 26932-86. Сырье и продукты пищевые. Методы определения свинца.
9. ГОСТ 30178-96. Сырье и продукты пищевые. Атомно-абсорбционный метод определения токсичных элементов.