CHAQALOQLAR VA GO‘DAKLAR TERISI PARVARISHI: TAGLIK DERMATITIDAN TORTIB SEBORIYALI DERMATITGACHA

Authors

  • Layloxon Sohibjon qizi Imomaliyeva Author
  • Sabri Mahmudovna Xodjaeva Author

Keywords:

taglik dermatiti, seboriyali dermatit, chaqaloqlar terisi, parvarish, profilaktika, emolientlar, sink oksid, Malassezia

Abstract

Chaqaloqlar va go‘daklar terisi anatomik hamda fiziologik jihatdan kattalar terisidan sezilarli darajada farq qiladi. Go‘daklar terisining epidermisi yupqa, mug‘uz qatlami sust rivojlangan va gidrolipid pardasi yetarlicha shakllanmagan. Ushbu xususiyatlar sababli chaqaloqlar terisi tashqi muhit ta’sirlariga, namlik va mikrobial omillarga juda ta’sirchan bo‘ladi. Erta yoshdagi bolalarda uchraydigan terining patologik holatlari orasida taglik dermatiti va seboriyali dermatit eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularning to‘g‘ri profilaktikasi va davolash usullarini ishlab chiqish zamonaviy pediatriya hamda bolalar dermatologiyasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

References

Published

2026-09-28