1973-YILGI CHILI HARBIY TO'NTARISHI: ICHKI IQTISODIY INQIROZ VA SOVUQ URUSH GEOSIYOSIY RAQOBATI KESISHGAN NUQTA

Authors

  • To'xtasinov Akbarali Maxpiraliyevich Author
  • Qoʻysinova Fazilat Oripovna Author

Keywords:

harbiy to'ntarish, sotsializm, neoliberalizm, Sovuq urush, inflyatsiya, geosiyosat, pul emissiyasi, defolt, Pinochet, Allende

Abstract

Mazkur maqolada 1973-yil 11-sentabrda Chilida sodir bo'lgan harbiy to'ntarishning siyosiy, iqtisodiy va xalqaro omillari keng tahlil qilinadi. Sotsialist prezident Salvador Allende hukmronligi davrida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, ularning makroiqtisodiy oqibatlari hamda Sovuq urush sharoitida AQSh va SSSR o'rtasidagi geosiyosiy raqobat kontekstida yuzaga kelgan inqiroz ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, general Augusto Pinochet boshchiligidagi harbiy rejimning siyosiy xususiyatlari va uning tarixiy bahosi ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada iqtisodiy beqarorlik, tashqi aralashuv va harbiy to‘ntarish o‘rtasidagi sabab-oqibat bog'liqligi kompleks metodologiya asosida o'rganiladi.

References

1973-yilgi Chili harbiy to'ntarishi ichki iqtisodiy beqarorlik, siyosiy polarizatsiya

va global geosiyosiy raqobatning murakkab kesishuvida yuzaga kelgan ko'p qirrali

tarixiy hodisadir. Allende tajribasi davlat tomonidan boshqariladigan sotsialistik

modelning bozor mexanizmlari bilan muvozanatsiz qo'llanilishi qanday makroiqtisodiy

inqirozga olib kelishini ko'rsatdi. Ish haqlari va ijtimoiy xarajatlarning ishlab chiqarish

samaradorligidan ustun o'sishi, pul emissiyasi orqali moliyalashtirish va narxlarni

sun'iy ravishda muzlatish – bu siyosatlar to'lqin-to'lqin iqtisodiy inqirozga olib

keldi.Pinochet davri esa iqtisodiy liberalizatsiya va siyosiy repressiya o'rtasidagi

murakkab va ziddiyatli bog'liqlikni namoyon etdi. "Chikagolik yigitlar" tajribasi

iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lsa-da, bu muvaffaqiyat demokratiya va

inson huquqlarini toptalishi evaziga qo'lga kiritildi.Chili tajribasi xalqaro munosabatlar

nazariyasida bir qancha muhim masalalarni ochib beradi: kichik davlatlarning Sovuq

urushdagi geosiyosiy zaifligi

iqtisodiy model tanlovining siyosiy barqarorlikka ta'siri

tashqi aralashuv va suverenitet masalasi

hamda tarixiy xotira va siyosiy legitimlik

muammolari.

Shunday qilib, 1973-yil voqealari nafaqat Chili, balki butun Lotin Amerikasi

tarixida ideologik qarama-qarshiliklar va global kuchlar siyosatining yorqin namunasi

bo'lib qolmoqda.

Published

2026-05-19