TABIIY FANLAR INTEGRATSIYASINING PEDAGOGIK MOHIYATI VA KIMYO TA’LIMIDAGI O’RNI
Keywords:
kasbiy kompetentlik, bo‘lajak kimyo o‘qituvchisi, tanqidiy fikrlash, tizimli bilim, kreativlik, tabiiy fanlar integratsiyasi, integratsion yondashuv, ijodkorlik faoliyatiAbstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimga ega bo‘la turib, ularni jamoat oldida amaliyotga tatbiq etish va ijodkorlik bilan yetkazib berish jarayonida yuzaga keladigan psixologik hamda pedagogik qiyinchiliklari tahlil qilingan. Bugungi kun talabalarida bilish faoliyati bilan bir qatorda ijodiy qobiliyatlarni izchil rivojlantirish ta’lim sifatini oshirishning bosh omillaridan biri ekanligi asoslab berilgan. Maqolada ijodiy faoliyatning zamonaviy talqini sifatida "kreativlik" tushunchasi va uning shaxs shakllanishidagi o‘rni keng yoritilgan. Kreativlik shunchaki ma’lum bir sohadagi ko‘nikma emas, balki talabaning fikrlashi, so‘zlashish madaniyati, ijodiy salohiyati va har bir xatti-harakatida namoyon bo‘luvchi yaxlit komponent sifatida baholangan. Tadqiqotning bosh maqsadi — bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida kreativ kompetensiyalarni aynan tabiiy fanlar (kimyo, biologiya, fizika, geografiya) integratsiyasi orqali shakllantirish modelini ishlab chiqishdan iborat. Tabiiy fanlararo uzviy bog‘liqlikni yo‘lga qo‘yish orqali bo‘lajak mutaxassislarda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, ijodiy unsurlardan unumli foydalanish va nostandart yechimlar topish ko‘nikmalari shakllanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Integratsion yondashuvning afzalliklari sifatida bilimlarni tizimli o‘zlashtirish, hayotiy muammolarni kreativ hal etish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni yuzaga keltirish hamda darsdan tashqari faoliyatda talabalarni mustaqil izlanishga rag‘batlantirish kabi muhim jihatlar dalillangan.References
1. Saidova O. Y., Shernazarov I.E. Pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining tabiiy ilmiy savodxonligini rivojlantirishdagi muammolar va uning yechimlari. Toshkent-2024
2. Saidova O., Avazova K., Mamadaliyeva N. Integrativ yondashuv orqali talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish. Toshkent-2025
3. I. Shernazarov. Talabalarning kreativ fikrlashini baholash orqali xxi asr ko‘nikmalarini shakllantirish. News of the NUUz 1 (1.9), 235-238, 2024
4. Shernazarov, G Sapayeva, Z Smanova. Using the concepts of analytical chemistry based on the integration of information communication and pedagogical technologies in the formation of natural scientific literacy of, Evraziyskiy zurnal akademicheskikh issledovaniy 3(3), 50-64, 2023
5. Sh.I. Ergashovich. The use of international assessment research competences in the formation of the literacy of future chemistry teachers Web of Scientist: International Journal of Scientific Research 3 (12), 471-477, 2022
6. I.E. Shernazarov. Bo‘lajak pedagoglarni xalqaro baholash tadqiqotiga tayyorlashda tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish Toshkent davlat pedagogika universiteti. Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy. 2021
7. I. Shernazarov, N. Yusupova. Kimyo fanidan talabalarning funksional savodxonligini baholashning konsepsiyasi va pedagogik modeli, «ACTA NUUz» 1 (1.9), 242-246, 2024
8. Shernazarov I.E. Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi. – Toshkent, 2020.
9. Shernazarov I.E. Kimyo ta’limida tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish metodikasi. – Toshkent, 2020.
10. Гулзор Исламбаевна Сапаева. Innovation: The Journal of Social Sciences and Researches. Методика обучения аналитической химии с использованием интерактивных методов студента.2023.
11. Sh.I. Ergashovich. Preparation Of Future Chemical Chemistry Teachers For Preparation For International Research. Journal of Pedagogical Inventions and Practices. 2022
12. I.E. Shernazarov. Akademik litseilarda «Organik kime» fanini o‘qitishda integratsiyalashgan texnologiyalar va ulardan foydalanish, Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), 2019