ESTRADA MUSIQASINING O’ZBEKISTONDA SHAKILLANISHI VA TRANSFORMATSIYASI

Authors

  • Shomatova Zamira Author

Keywords:

estrada, musiqa sanʼati, transformatsiya, milliy madaniyat, folklor, modernizatsiya, ommaviy madaniyat, Oʻzbekiston

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda estrada musiqasining shakllanish jarayoni, uning tarixiy bosqichlari hamda zamonaviy transformatsiyasi tahlil qilinadi. Estrada sanʼatining XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab milliy musiqa, folklor va zamonaviy gʻarb musiqasi unsurlari uygʻunligida rivojlanishi yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik yillarida estrada musiqasida yuz bergan uslubiy oʻzgarishlar, yangi texnologiyalar, ommaviy madaniyat va globalizatsiyaning taʼsiri koʻrib chiqiladi.

References

1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, estrada sanʼati rivojida yangi

davr boshlandi. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishga

katta eʼtibor qaratildi. Bu hol estrada qoʻshiqlarining mazmunida ham oʻz aksini topdi.

Qoʻshiqlarda Vatanga muhabbat, milliy gʻurur, tarixiy meros va anʼanalarga hurmat

kabi mavzular keng yoritildi. Shu bilan birga, globallashuv jarayoni va zamonaviy

texnologiyalar estrada musiqasining shakl va mazmuniga sezilarli taʼsir

koʻrsatdi.Texnologik taraqqiyot natijasida zamonaviy ovoz yozish studiyalari,

kompyuter dasturlari va internet platformalari estrada sanʼatining rivojlanishiga yangi

imkoniyatlar yaratdi. Xonandalar oʻz ijod mahsullarini nafaqat mahalliy auditoriyaga,

balki xalqaro miqyosda ham namoyish eta boshladilar. Shuningdek, pop, rep, rok,

elektron musiqa kabi yangi yoʻnalishlar oʻzbek estradasiga kirib keldi va estrada

sanʼatining janriy xilma-xilligi kengaydi. Videokliplar, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli

media vositalari estrada qoʻshiqlarining tez ommalashishiga xizmat qildi.

Published

2026-05-21