O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI VA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
Oliy Majlis Senati, xalq deputatlari Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati, vakillik organlari, hududiy vakillik, parlament nazorati, konstitutsiyaviy-huquqiy asoslar, hududiy manfaatlar, mahalliy Kengash qarorlari, qonunchilikni takomillashtirishAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari — xalq deputatlari Kengashlari o‘rtasidagi hamkorlikning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Unda Senatning hududiy vakillik palatasi sifatidagi maqomi, mahalliy Kengashlarning davlat hokimiyati vakillik organlari sifatidagi o‘rni hamda ushbu ikki institut o‘rtasidagi konstitutsiyaviy bog‘liqlik ilmiy-huquqiy jihatdan yoritiladi. Maqolada amaldagi qonunchilikda Senat va mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikning umumiy asoslari mavjud bo‘lsa-da, uning aniq tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, protsessual tartibi va natijadorlik mezonlari yetarlicha belgilanmagani asoslab beriladi. Shuningdek, hududiy manfaatlarni parlament darajasida ifodalash, mahalliy Kengashlar qarorlarini Senat faoliyatiga integratsiya qilish va parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.References
1. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent: Adolat, 2018. – B. 13–14
2. Aymuratov S. O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari vakolatlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari // Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. – 2023. – Vol. 3, Issue 8. – B. 82.
3. Turdiyeva B. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari // Modern Education and Development. – 2025. – №37, 3-qism. – B. 373.
4. ЮРИДИЧЕСКИЙ Т. Г., ХАКИМОВ Р. Р. КОНСТИТУЦИОННО-ПРАВОВОЙ СТАТУС ОЛИЙ МАЖЛИСА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН.
5. Oʻzbekiston Respublikasining 02.09.1993-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi 913-XII-сонli qonuni
Downloads
Published
2026-05-22
Issue
Section
Articles