BINO VA INSHOOTLARDA SUNʼIY YORITISH TIZIMLARINING ENERGETIK SAMARADORLIGI: SHNQ 2.01.05-24 YANGI MEʼYORLARI VA LED TEXNOLOGIYALARI TAQQOSLAMASI
Keywords:
SHNQ 2.01.05-24, LED texnologiyasi, UGR, rang uzatish indeksi Ra, solishtirma o‘rnatilgan quvvat, LCC tahlili, energetik samaradorlik, pulsatsiya koeffitsienti, DALI protokoli.Abstract
Ushbu maqolada 2024-yil 25-oktyabrda Adliya vazirligi tomonidan 309-raqam bilan ro‘yxatga olingan SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” yangi meʼyori talablari asosida bino va inshootlarda sunʼiy yoritish tizimlarining energetik samaradorligi tahlil qilingan. 2800 m² maydondagi tipik maʼmuriy bino uchun to‘rt xil yoritish tizimi – T8 lyuminestsent, LED panel, LED+sensor va LED+DALI – energiya sarfi, xarajatlar va SHNQ 2.01.05-24 talablariga muvofiqligi jihatidan taqqoslangan. Maqolada SHNQ 2.01.05-24 ning 9-ilovasi, 14-jadvali va yangi UGR, Ra ko‘rsatkichlari asosida hisob-kitoblar bajarilgan. 20 yillik hayotiylik davri xarajati (LCC) tahlili LED texnologiyasining iqtisodiy ustunligini isbotlaydi.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.
SHNQ 2.01.05-24. Tabiiy va sunʼiy yoritish. 2024-yil 25-oktyabr.
2. N.N. Sadullayev., G‘afurov M.O. Sanoat korxonasining kompleks energiya
3. samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlash. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti”
jurnali, №2/2023,124-128 b.
4. N.N. Sadullayev., G‘afurov M.O. Gibrid energiya manbali energiya iste’moli
obyektini umumlashgan samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlash. Muqobil
energetika jurnali, №2. 2023 y.35-40 b.
5. N.N. Sadullayev., Nematov Sh.N., G‘afurov M.O. Xorijiy davlatlar tahlili
asosida O‘zbekistonda elektr energiyasi narxlarini aniqlash. “Fan va
texnologiyalar taraqqiyoti”jurnali, №4/2023, 127-130 b.
6. Sadullayev N.N., G‘afurov M.O., Ne’matova Z.N. O‘zbekistonda elektr
energiyasi narxlarini oshirish va tabaqalashtirilgan taʼrifni joriy etishga oid
tahliliy xulosalalar. FarPI ilmiy-texnika jurnali, 2024 y. №10. 86-90 b.