MOLIYAVIY STRESS-SENARIYLARI ORQALI BANK AKTIVLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Keywords:
bank aktivlari, stress-test, moliyaviy barqarorlik, makroiqtisodiy ssenariylar, kredit tavakkalchiligi, likvidlilik, kapital yetarliligi.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy bank tizimida moliyaviyn barqarorlikni ta’minlashning eng samarali vositalaridan biri bo‘lgan stress-testlar orqali bank aktivlari samaradorligini baholash masalalari atroflicha tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi global iqtisodiy noaniqliklar, geosiyosiy o‘zgarishlar va makroiqtisodiy tebranishlar sharoitida tijorat banklari aktivlari sifatini saqlab qolish zarurati bilan belgilanadi. Maqolada stress-test tushunchasining nazariy asoslari, uning metodologik yondashuvlari, xususan, deterministik va stoxastik modellarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, bank aktivlarining turli makroiqtisodiy shoklar — valyuta kursi devalvatsiyasi, inflyatsiya darajasining ko‘tarilishi va YaIM o‘sish sur’atlarining pasayishi kabi ssenariylar ostidagi o‘zgaruvchanligi baholangan.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi "2020-2025
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-5992-sonli Farmoni.
2. Basel Committee on Banking Supervision. (2018). Stress testing principles.
Bank for International Settlements.
3. Drehmann, M. (2008). Stress tests: objectives, challenges and modelling
choices. RBNZ Financial Stability Report.
4. International Monetary Fund (IMF). (2023). Financial System Stability
Assessment of Uzbekistan.
5. Markaziy Bank hisobotlari. (2022-2023). O‘zbekiston Respublikasi moliya
barqarorligi sharhi.
6. Abduvohidov A., & Toshmurodova N. (2021). Tijorat banklarida aktivlar
sifatini boshqarish va ularni stress-testdan o‘tkazish usullari. "Iqtisodiyot va ta’lim"
jurnali.
7. Hull, J. C. (2018). Risk Management and Financial Institutions. Wiley Finance.
8. Quagliariello, L. (2009). Stress-testing the Banking System: Methodologies
and Applications. Cambridge University Press.