O‘QUVCHILARDA STRESS VA XAVOTIRNI ANIQLASH VA KAMAYTIRISHNING SAMARALI METODLARI

Authors

  • Abdulloyeva Gulmira Yusufovna Author

Keywords:

stress, xavotir, o‘quvchilar, psixologik holat, diagnostika, relaksatsiya, motivatsiya, psixologik yordam, ta’lim jarayoni.

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilarda stress va xavotir holatlarini aniqlash hamda ularni kamaytirishning samarali metodlari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida yuzaga keladigan psixologik zo‘riqishlar, emotsional beqarorlik va xavotir holatlarining sabablari yoritilib, ularning o‘quvchilarning o‘qish faoliyati va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, stress va xavotirni aniqlashda kuzatuv, suhbat, psixologik testlar va diagnostik metodlarning o‘rni asoslab beriladi.Maqolada o‘quvchilarning psixologik holatini barqarorlashtirishga qaratilgan relaksatsiya mashqlari, nafas olish texnikalari, motivatsion suhbatlar, ijobiy psixologik muhit yaratish hamda pedagogik qo‘llabquvvatlash kabi samarali usullar tavsiya etiladi. Bundan tashqari, o‘qituvchi, maktab psixologi va ota-onalar hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Mazkur metodlar o‘quvchilarda stressga chidamlilikni oshirish, xavotir darajasini kamaytirish va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

References

1. Shoumarov G‘.B. Oila psixologiyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2010..

2. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. — Toshkent: Universitet, 2002..

3. Sodiqov A.S. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. — Toshkent: Fan, 2018..

4. G‘oziyev E. G. Ontogenez psixologiyasi – Toshkent: "Noshir", 2010.

5. Bayyar Dj., Bayyar Dj. Sening og‘ir o‘smiring. – Moskva: "Progress", 2005.

6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yo‘riqnomalari: Maktab

psixologining ish daftari va metodik tavsiyalari.World Health Organization

(WHO). (2022). Adolescent Health and Risk Behaviors. Geneva: WHO Press.

7. Brown, L., & Smith, J. (2017). Addiction and Adolescent Development. New

York: Academic Press.

Published

2026-04-21