RAQAMLI MUHITDA TALABA YOSHLAR MILLIY QADRIYATLARI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI VA TAHDIDLARI

Authors

  • TURGUNOV BAXROMJON RAXIMJONOVICH Author

Keywords:

raqamli muhit, talaba-yoshlar, milliy qadriyatlar, ijtimoiypsixologik jihatlar, ma’naviy tarbiya, media savodxonlik, milliy o‘zlik, axborot madaniyati, ijtimoiy tarmoqlar, qadriyatlar transformatsiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli muhit sharoitida talaba-yoshlarning milliy qadriyatlari shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlar, internet platformalari va virtual muloqot vositalari yoshlarning dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy xulqi hamda milliy o‘zligini anglash jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda raqamli makonning talaba-yoshlar ongida milliy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish yoki aksincha, ularning mazmuniga salbiy ta’sir etish omillari ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan yoritiladi. Shuningdek, oilaviy tarbiya, ta’lim muassasasi, ijtimoiy muhit va media savodxonlikning bu jarayondagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Maqola natijalarida raqamli muhitda talabayoshlarning milliy qadriyatlarini mustahkamlash, ularning ma’naviy-axloqiy immunitetini kuchaytirish hamda sog‘lom axborot madaniyatini shakllantirish bo‘yicha muhim nazariy va amaliy xulosalar ilgari suriladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi

Qonuni. O‘RQ-406-son, 14.09.2016.

2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023.

3. Buckingham.D, Willett.R.(eds). Digital Generations:Children, Young People,

and the New Media. New York: Routledge, 2006.

4. Buckingham, D. (ed.). Youth, Identity and Digital Media. Cambridge, MA:

MIT Press, 2008. 5. Jabborov, X.X. Ijtimoiy va etnopsixologiya: darslik. Toshkent: Bookmany

print, 2025.

6. Hamdamova, M. Ma’naviyat asoslari (Barkamol avlodni tarbiyalashda

uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirish texnologiyasi): o‘quv qo‘llanma.

Toshkent: Fan va texnologiya, 2008.

7. Turgunov, B. (2024). Ta’limni tashkil etishda internetning intellektga ta’siri.

Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(4), 620-622.

8. Raximjonovich, T.B. (2024). Talabalarning intellektual salohiyatiga ta’sir

qiluvchi ichki va tashqi omillar. Theory and analytical aspects of recent

research, 3(28), 40-46.

9. Rahimjonovich, T.U.B. (2024). Intellektual va autogen mashqlarning shaxs

rivojlanishiga ta’siri. Innovative developments and research in education,

3(34), 46-49

10.Raximjonovich, T.U.B. (2023). Talabalarda intellektual salohiyat namoyon

bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va rivojlantirish imkoniyatlari.

Современное образование (Узбекистан), (11 (132)), 23-32.

Published

2026-04-21