TOHIRIYLAR SULOLASI

Authors

  • Raxmonov Ma’murjon Author

Keywords:

Harbiy mahorati sababli Tohir ibn Husayn Ma’mun qo’shinlari qo’mondoni etib tayinlanadi. 811-yili Ray yaqinida Tohir ibn Husayn xalifa alAminning ishongan sarkardasi Ali ibn Iso ibn Moxon boshchiligidagi qo’shin bilan to’qnashadi va jangda o’z shijoat va mardligini ko’rsatib, ikki qo’lda qilich bilan jang na’munasini namoyon qilgan. Tohir ibn Husayn Ray jangida Ali ibn Iso ibn Moxonni mag’lub etib uning boshini al-Ma’munga yuboradi.

Abstract

Abbosiylar xalifaligi parchalanishi munosabati bilan Xurosonda tashkil topgan davlat (806—873). Asoschisi — Tohir ibn Husayn. Kelib chiqishi bo’yicha Tohiriylar sulolasining birinchi vakili VII asr 80-yillarida Seyiston hokimi al-Huzayi dargohida xizmatda bo’lgan. Sulolaning keying vakili Musab ibn Zurayk Xurosonda Abbosiylar tashviqotida faol ishtirok etgan va Abu Muslimni qo’llab-quvvatlagan. U va uning avlodlari Husayn va Tohirlar Hirot yaqinidagi Bo’shang shahri hokimi bo’lgan. Tohir ibn Husayn al-Ma’munni qo’llagan holda unga xizmat qilishni boshlagan. Tohir ibn Husayn al‑Ma’mun va al‑Amin o‘rtasidagi siyosiy kurashlarda faol ishtirok etib, al‑Ma’mun tomonida jang qilgan. Natijada al‑Ma’mun xalifalik taxtini egallagan va Tohir ibn Husayn uning eng yaqin sarkardalaridan biriga aylangan

References

Abulabbos Ahmad al-Ya’qubiyning “Kitob al-buldon” va “Tarix”

Ibn Xurdadbehning “Kitob masolik ul-mamolik”

Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning “Tarixi ar-rasul va al-muluk” hamda

“Kitobi fi axbor vuloti Xuroson”

Ibn al-Asirning “Al-kamil fi-t tarix”

No’malum muallifning “Tarixi Seyiston”

O‘zbekiston tarixi. 1‑jild. Toshkent.

Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi.

B. Ahmedov. O‘zbekiston tarixi manbalari.

V.V. Bartold. Turkiston mo‘g‘ullar istilosi davrida.

Narshaxiy. Buxoro tarixi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Tohiriylar_davlati

Published

2026-04-22