TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI VA ZAMONAVIY USULLARI
Keywords:
tijorat banklari, investitsion loyiha, investitsiyalar, bank krediti, loyihaviy moliyalashtirish, sindikatlashgan kredit, lizing, davlat-xususiy sheriklik, investitsion risklar, moliyaviy resurslarAbstract
Mazkur maqolada tijorat banklari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyati, tijorat banklarining investitsiya jarayonidagi o‘rni hamda moliyalashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, loyihaviy moliyalashtirish, sindikatlashgan kreditlash, davlat-xususiy sheriklik, lizing va raqamli moliyalashtirish platformalari kabi zamonaviy usullarning afzalliklari yoritilgan. Tijorat banklarining investitsion faoliyat samaradorligini oshirish hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.References
Natijada kredit risklari banklar o‘rtasida taqsimlanadi va
yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari kengayadi. Bu usul xalqaro bank
amaliyotida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab strategik loyihalarni amalga oshirishda
samarali qo‘llanilmoqda O‘zbekiston Respublikasida ham investitsiya muhitini
yaxshilash, bank tizimining investitsion salohiyatini oshirish va iqtisodiyot
tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bank sektorining kapitallashuv darajasini oshirish, kreditlash mexanizmlarini
takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda raqamli bank xizmatlarini
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu
islohotlar tijorat banklarining investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini
yanada kengaytirmoqda. Mazkur maqolaning maqsadi tijorat banklari tomonidan
investitsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini chuqur tahlil qilish,
zamonaviy moliyalashtirish usullarining afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganish
hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.