XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA SHARQIY BUXORO BEKLIKLARIDA IJTIMOIY MUNOSABATLAR

Authors

  • Nusratova Mohinur Asatullo qizi Author

Keywords:

Sharqiy Buxoro, beklik, ijtimoiy tabaqalanish, xiroj, zakot, Baljuvon, Hisor, mang'itlar, feodalizm, iqtisodiy inqiroz

Abstract

Mazkur maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Buxoro amirligining tarkibiy qismi bo'lgan Sharqiy Buxoro bekliklaridagi ijtimoiy munosabatlar, aholining tabaqalanishi va iqtisodiy hayot tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mintaqadagi sakkizta asosiy beklik – Baljuvon, Hisor, Darvoz, Denov, Ko'lob, Qorategin, Qubodiyon va Qo'rg'ontepa hududlaridagi soliq tizimi, yer egaligi shakllari va ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi iyerarxiya o'rganilgan. Maqolada Rossiya imperiyasi protektorati ostidagi Buxoro amirligining chekka hududlaridagi og'ir soliq yuki (xiroj, zakot, kafsan va boshqalar) va uning natijasida kelib chiqqan xalq qo'zg'olonlari, xususan 1885-1888-yillardagi Baljuvon qo'zg'oloni statistik ma'lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, aholi demografiyasi, milliy tarkibi (o'zbek, tojik, laqay, qo'ng'irot) va ularning xo'jalik faoliyati turlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Sharqiy Buxoroda patriarxal-feodal munosabatlar saqlanib qolgan bo'lsa-da, XX asr boshlariga kelib tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi ijtimoiy strukturada sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'lgan.

References

1. Alimova R. R. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Sharqiy Buxoro. – Toshkent: Fan, 2018. – 210 b.

2. Bobomurodov Sh. Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. – 186 b.

3. Iskandarov B. I. Vostochnaya Buhara i Pamir vo vtoroy polovine XIX veka. – Dushanbe: Donish, 1967. – 352 s.

4. Logofet D. N. Strana bespraviya. Buharskoye hanstvo i yego sovremennoye sostoyaniye. – SPb., 1909. – 238 s.

5. Muhtarov A. M. Ocherki istorii Gissarskogo bekstva v konce XIX - nachale XX vv. – Dushanbe, 1964. – 192 s.

6. Qobulov E. A. Surxon vohasi bekliklarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. – Toshkent: Akademnashr, 2012. – 400 b.

7. Suhareva O. A. Buhara XIX - nachala XX v. (Pozdnefeodalniy gorod i yego naseleniye). – M.: Nauka, 1966. – 328 s.

8. Ochildiyev F. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Surxon vohasi bekliklari tarixi. – Toshkent: Muharrir, 2010. – 176 b.

9. Tolibayeva A. R. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligining tadqiqoti. – Toshkent, 2023. – 120 b.

10. Kuznetsov P. N. Borba za Buharu (1917–1920). – M., 1923. – 154 s.

11. Azizov I. Buxoro amirligida soliq tizimi va soliq boshqaruvida rasmiy hujjatlarning o'rni. – Toshkent, 2016. – 98 b.

12. Zamonov A., Egamberdiyev A. Buxoro amirligi, Xorazm va Qo'qon xonliklari. – Toshkent: Bayoz, 2022. – 148 b.

13. Buharskiy vaqf: dokumenti XVII–XX vv. / Otv. red. O. D. Chehovich. – Tashkent: Fan, 1980. – 264 s.

14. Istoriya Uzbekistana (XVI – pervaya polovina XIX v.). – Tashkent: Fan, 1993. – 476 s.

15. Rossiya Davlat Harbiy Tarix Arxivi (RGVIA), 126-fond ma'lumotlari.

Published

2026-07-16

Similar Articles

11-20 of 72

You may also start an advanced similarity search for this article.