JAMIYAT VA EKOLOGIK MADANIYAT UYGՙUNLIGINING KOSUBSTANTSIONAL ASOSLARI

Authors

  • Sultamuratov Begis Utebaevich Author

Keywords:

jamiyat, ekologik madaniyat, kosubstantsional asoslar, makrokosm, mikrokosm, falsafiy-transtsendental idrok, ekoborliq, sotsiobioekologik muammolar

Abstract

“Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq boՙlib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar oՙrtasida amal qiladigan juda koՙplab munosabatlar yigՙindisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boriuvchi murakkab tizimdir” [1]. Falsafa fanlari doktori, professor M.S.Xajievaning ushbu fikridan kelib chiqsak, jamiyat tabiatning tarkibiy qismi, tabiatga xos xususiyatlar, masalan, uygՙonish, oՙsish, hosilga kirish, hosildan toՙxtash, soՙnish kabilar jamiyatga ham xosdir. Tsivilizatsiya nazariyasining asoschilari va yirik namoyondalari O.Shpengler va A.Toynbi jamiyatga biorganik mavjudot sifatida yondashib tugՙilish, oՙsish, kamolga yetish, keksayish va oՙlish xos, degan gՙoyani ilgari surgan edilar [2]. Ushbu yondashuvlardan xulosa qilish mumkinki, tabiat qonunlari, ijtimoiy taraqqiyot talablariga moslashgan tarzda, jamiyat hayotida ham oՙz in'ikosini topadi. O.Shpengler oՙzining yuqorida keltirilgan tadqiqotining birinchi bobini “Kelib chiqish va landshaft” deb atagan va birinchi betdayoq yozadi: “Kechda quyosh botayotganda gullarga qarang, ular birin-ketin yopinadi. Yerga sirli, mudroq va koՙrona tarzda bandi boՙlgan ushbu hol oldida sizni qandaydir gՙalati tuygՙu chulgՙab oladi. Osuda oՙrmon, sokin adir, qotgan daraxtlar va shoxlar. Ular bilan faqat shamol oՙynaydi. Ojiz chivin esa ozod, u soՙnayotgan ufq nurlaridan raqsga tushadi, u qaerga xohlasa shu yerga uchadi” [3]. Keyin faylasuf ushbu tasviridan kelib chiqib daraxt, oՙsimliklarga “kutish erki, ixtiyor yoki tanlash berilmagan”, ammo hayvonlarga tanlash erki berilgan. “Erk va bogՙliqlik oՙsimlik va hayvonot dunyosi oՙrtasidagi eng chuqur va hal etuvchi farqdir” [3], degan fundamental, tabiat bilan jamiyat oՙrtasidagi substantsional ahamiyatga ega farqni ta’kidlab koՙrsatadi. Demak, jamiyatga tanlash erki berilgan, ushbu fenomen uning barcha tomonlariga, faoliyatiga, yashash tarziga, shu jumladan, ekologik munosabatlariga ham ta’sir etadi. Ekologik munosabatlar va ekologik madaniyat jamiyat tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan, oՙz ehtiyojlariga muvofiq tashkil etiladigan, yoՙlga qoՙyiladigan va tadbiq etiladigan ixtiyoriy munosabatlar mahsulidir.

References

1. Xajieva M.S. Jamiyat va inson falsafasi. – Toshkent Lesson Press, 2021.

2. Шпенглер О. Закат Европы. Том 2. Всемирно-исторические перспективы. – Минск: Попурри, 1999

Тойнби А. Постижение истории. - Москва: Прогресс, 1990

3. Шпенглер О. Закат Европы. Том 2. Всемирно-исторические перспективы. – Минск: Попурри, 1999. С.6.

4. Шпенглер О. Закат Европы. Том 2. Всемирно-исторические перспективы. – Минск: Попурри, 1999. С.8.

5. Кант И. Сочинения в шести томах. Том 3.- Москва: Мисль, 1964. С. 338

6. Лега В. История западной философии. Часть 11. Новое время. Современная западная философия. – Москва: Литрес, 2022. С.202-243

7. Глазечев С.Н. Экологическая культура. Исследования и разработка экогуманитарной парадигмы. - Москва: Наука, 1998. С. 34-46: Дорошко О.М. Формирование экологической культуры как цель образования для устойчивого развития. – Гродно: ГрГУ им. Я.Купали, 2010. С. 126-132

Амрнлаев А. Экологическая культура человека и ее особенности// Ж. Тарих ва жамият, 2021, № 1. 8 б

8. Молофеев В.И. Социальная экология. Москва: Интер М., 2003

Петров К.М. Общая экология. – Москва: Астра, 1998

Новиков Ю.В. Экология, окружаюшая среда и человек. Учебное пособие. – Москва: ФАИР ПРЕСС, 2005

Икрамов Э.Ж., Хатомов А.А. Шахснинг экологик маданияти. – Тошкент: Ибн Сино номидаги мед.нашр., 2001

Published

2026-10-29

Similar Articles

21-30 of 50

You may also start an advanced similarity search for this article.