TIJORAT BANKLARIDA AHOLI OMONATLARINI JALB ETISHNING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING BANK FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Keywords:
tijorat banklari, aholi omonatlari, depozit siyosati, bank resurslari, moliyaviy vositachilik, bank likvidligi, foiz stavkasi, moliyaviy barqarorlik, bank tizimiAbstract
Mazkur tezisda tijorat banklarida aholi omonatlarini jalb etishning iqtisodiy mohiyati, uning bank resurs bazasini shakllantirishdagi o‘rni hamda bank faoliyatidagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, aholi omonatlarini jalb etish mexanizmlari, ularning bank likvidligi va moliyaviy barqarorlikka ta’siri hamda zamonaviy bank tizimida tutgan o‘rni tahlil qilingan.References
Aholi omonatlarini jalb etish banklarning kreditlash salohiyatini oshiradi va iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantiradi. Aholi omonatlarini jalb etishning iqtisodiy mohiyati shundan
iboratki, u jamiyatdagi pul mablag‘larining muomaladan vaqtincha olib qo‘yilib, bank
tizimiga jalb etilishi va samarali qayta taqsimlanishini anglatadi. Bu jarayon
iqtisodiyotda moliyaviy resurslarning optimal taqsimlanishini ta’minlaydi. Aholi o‘z
mablag‘larini banklarga joylashtirish orqali nafaqat ularni saqlash, balki foiz
ko‘rinishida daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, banklar ushbu
mablag‘lardan kreditlash va investitsion faoliyatda foydalanadi