O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA AHOLI MABLAG‘LARINI JALB QILISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Keywords:
tijorat banklari, depozitlar, aholi omonatlari, bank resurslari, depozit siyosati, raqamli bank xizmatlari, mobil banking, bank likvidliligi, moliyaviy texnologiyalar, omonatlar bozoriAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida aholi mablag‘larini jalb qilish samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Bank resurs bazasini shakllantirishda aholi omonatlarining tutgan o‘rni, depozit siyosatining iqtisodiy mazmuni hamda zamonaviy bank xizmatlarining omonatlar hajmini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, mobil bank xizmatlari, onlayn omonatlar va innovatsion bank mahsulotlarining aholi mablag‘larini bank tizimiga jalb qilishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot natijasida tijorat banklarida depozit siyosatini takomillashtirish hamda aholi mablag‘larini jalb qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.References
Mijozlar odatda moliyaviy jihatdan barqaror, uzoq yillik
tajribaga ega va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan banklarga ko‘proq ishonch
bildiradilar. Shu sababli banklar korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish,
moliyaviy hisobotlarning shaffofligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish
sifatini oshirish orqali aholi ishonchini mustahkamlashga intilmoqda.
Downloads
Published
2026-05-31
Issue
Section
Articles