TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDAGI ISHTIROKI HAMDA RISKLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Keywords:
tijorat banklari, investitsion loyiha, investitsion kredit, kredit riski, risklarni boshqarish, diversifikatsiya, monitoring, moliyalashtirish, investitsiyalar, bank faoliyatiAbstract
Mazkur tezisda tijorat banklarining investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi o‘rni, investitsion kreditlashning iqtisodiy ahamiyati hamda ushbu jarayonda yuzaga keladigan risklarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni kamaytirishning zamonaviy usullari va bank amaliyotida qo‘llanilayotgan yondashuvlar yoritilgan.References
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt elementlaridan
foydalanish risklarni boshqarish tizimining samaradorligini oshirmoqda. Zamonaviy
dasturiy vositalar yordamida qarz oluvchilarning moliyaviy holati tezkor baholanadi,
kredit reytinglari shakllantiriladi va ehtimoliy risklar prognoz qilinadi. Bu esa
banklarga investitsion loyihalar bo‘yicha yanada aniq va asosli qarorlar qabul qilish
imkoniyatini yaratmoqda. Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari investitsion
loyihalarni moliyalashtirish orqali iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga katta hissa
qo‘shadi. Biroq ushbu faoliyat yuqori darajadagi risklar bilan bog‘liq bo‘lganligi
sababli risklarni samarali boshqarish mexanizmlaridan foydalanish muhim ahamiyatga
ega. Risklarni chuqur tahlil qilish, diversifikatsiya, monitoring tizimini
takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish investitsion
loyihalarni moliyalashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.