TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDAGI ISHTIROKI HAMDA RISKLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Jo’raqulova Amina Author
  • Tursunov Faridun Mustafoyevich Author

Keywords:

tijorat banklari, investitsion loyiha, investitsion kredit, kredit riski, risklarni boshqarish, diversifikatsiya, monitoring, moliyalashtirish, investitsiyalar, bank faoliyati

Abstract

Mazkur tezisda tijorat banklarining investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi o‘rni, investitsion kreditlashning iqtisodiy ahamiyati hamda ushbu jarayonda yuzaga keladigan risklarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni kamaytirishning zamonaviy usullari va bank amaliyotida qo‘llanilayotgan yondashuvlar yoritilgan.

References

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt elementlaridan

foydalanish risklarni boshqarish tizimining samaradorligini oshirmoqda. Zamonaviy

dasturiy vositalar yordamida qarz oluvchilarning moliyaviy holati tezkor baholanadi,

kredit reytinglari shakllantiriladi va ehtimoliy risklar prognoz qilinadi. Bu esa

banklarga investitsion loyihalar bo‘yicha yanada aniq va asosli qarorlar qabul qilish

imkoniyatini yaratmoqda. Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari investitsion

loyihalarni moliyalashtirish orqali iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga katta hissa

qo‘shadi. Biroq ushbu faoliyat yuqori darajadagi risklar bilan bog‘liq bo‘lganligi

sababli risklarni samarali boshqarish mexanizmlaridan foydalanish muhim ahamiyatga

ega. Risklarni chuqur tahlil qilish, diversifikatsiya, monitoring tizimini

takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish investitsion

loyihalarni moliyalashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Published

2026-06-03

Most read articles by the same author(s)

Similar Articles

51-52 of 52

You may also start an advanced similarity search for this article.